«Mayin» salati

Kerakli masalliqlar:

 

 

3dona qaynatilgan tuhum, 3 dona qaynatilgan sabzi, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 4 dona qaynatilgan qizilcha(lavlagi)6 osh qoshiq mayonez,  sho´r karam yoki bodring tabga qarab ozroq tuz kerak bo´ladi.

Barcha mahsulotlarimizni qirg´ichning mayda tishidan o´tkazib olamiz. Alohida idishga har birini solib ustiga 1 osh qoshiqdan mayonez solib chiqamiz.

Hohlagan shakldagi qolipga strech selofan solib qolib yasab olamiz. Eng avval qizilchani mayonez bilan aralashtirib tekislab qolipga solib olamiz. Undan so´ng kartoshkamizni solamiz.

Navbat bilanqolgan masalliqlarimizni  solib tekislab chiqamiz.  Kattaroq tarelkani teskari qilib yopib salatimizni to´ntarib olamiz.  Selofanini betidan olamiz ham hohishga karab mayonez , ko´kat va pomidor bilan bezatib olamiz.

Salatimiz judaham mayin va yumshoq bo´ladi. Ayniqsa katta yoshdagilarga va buvijonlarga yoqadi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.