Mayonezli sousda tovuq

Kerakli masalliqlar

 

 

 

1 kg tovuq oyoqlari, 1 kg kartoshka, 2 dona sabzi, 2 osh qoshiq tomat pastasi, 2 osh qoshiq mayonez,  tuz va  murch kerak bo´ladi.

 

 

Tovuq oyoqlarini  o´rtacha kattalikda maydalaymiz. Kartoshkani archib tozlab , o´rtasidan bo´lamiz. Sabzini yumaloq qilib kesib olamiz. Hammasini bitta idishga solib olib qo´yamiz. Endi sousini tayyorlashni boshlaymiz.

2 osh qoshiq mayonez bilan 2 osh qoshiq tomat pastasini idishga solamiz.  1 stakan sovuq suv quyamiz. Tuz va murch solib yahshilab aralashtiramiz.

Tayyorlab olgan sousimizni tovuq va kartoshka ustiga quyamiz va yahshilab  aralashtiramiz. Duhofka listiga solib avvaldan qizdirilgan duhofkamizda 180 darajada 1 soat 30 daqiqa atrofida qizartirib pishirib olamiz. (Hammani duhofkasi kuchi har hil shuni hisobga olgan holda ko´proq yoki  ozroq pishirishingiz  mumkin)

Pishgandan so´ng hohishga qarab ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.