Mazali blinchiklar

Kerakli masalliqlar:

 

 

 

2 ta tuhum, 6 dl sut, 1 osh qoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq razrihritel, 3dl un va 1 dl yog´kerak bo´ladi

Tuhumni idishga chaqib aralashtirib olamiz va unni yarmini solamiz. Tuz ,shakar va razrihritelni  solib yana aralashtiramiz.

Sutni kastrulkaga solib gazda qaynash holiga kelguncha ilitib olamiz. Qaynab ketishi kerak emas. Qaynoq bolsa etarli. Tahminan 39-40 daraja.

Sutni tuhumli massamizni ustiga solamiz va unimizni qolgan qismin elab oz ozdan solib bir hilda mayin suyuqlik qilib olamiz. Ustidan yog´ni solibib 10 daqiqaga tindirish uchun olib qo´yamiz.

Skavarodkamizni birinchi hamirni quyishdan avval engil yog´lab olamiz. Skavarodkamizni hajmiga qarab bir cho´mich yoki yarimdan baland qilib yupqa quymoz quyib olamiz.

Chekalari qizargandan so´ng ikkinchi tarafini og´darib ikkinchi tarafini ham qizartirib olamiz. Shu yo´sindan hammasini quyib pishirib olamiz. Blinchiklarimiz mayin va yumshoq chiqadi.

Hohishga qarab blinchiklarni dasturxonga tortish mumkin. Man blinchik ichiga shokalad pastasi solib o´radim. Usiga muzqaymoq va atrofini murabbo bilan bezab tortdim.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.