Okategoriserade

Chechevetsa sho´rva

Kerakli masalliqlar:

1,5 piyola chechevetsa

1 piyola gurunch

1 dona bulg´or qalampiri

1 dona pomidor

1 dona piyoz

2 dona kartoshka

tuz, murch, oregano, limon

1 choy qoshiq zanjambil

1osh qoshiq olivkiy yog´i.

Piyozni maydalab 1 osh qoshiq olibkiy yog´da qovuramiz.

Piyozni tillarang bo´lguncha qovurish kerak.

Bulg´or qalampirini ham piyoz kattaligida bir hil qilib to´g´rab olamiz. Piyoz bilan nirga 2 daqiqa qovuramiz.

Pomidorni hham maydalab olib qolgan qovurdog´imizga qo´shib 2-3 daqiqa qovuramiz.

Kartoshkani kuvib qilib maydalab solamiz. Tuz sepamiz.

1,5litr suv quyamiz.Orqama ketin chechevetsa va gurunchni solamiz.

15 daqiqa qaynagandan so´ng oregano solamiz va yana 10-15 daqiqa qaynatib pishirib olamiz.

Ovqatimiz pishishiga yaqin zanjambilni qirg´ichdan o´tkazib solib yuboramiz. Ovqatimiz juda ham tez pishadi. Shamolashda ichish uchun juda foydali sho´rva bo´ladi.

Dasturxonga tortishdan avval limonni 2/1 qismini suvini siqib solib yuborishimiz kerak. Sho´rvamizni murch, ezilgan qalampir, ko´kat va limon bo´lagi bilan dasturxonga tortamiz. Qurigan non va ko´k piyoz yanada mazali qiladi!

Spread the love