Okategoriserade

Devzira palov

Kerakli masalliqlar:

400ml o´simlik yog´i

400 gram mol go´shti

1 kg sabzi

2 dona piyoz

1 kosa devzira gurunch

1 osh qoshiq tuz

1 osh qoshiq zira , 1 choy qoshiq kashnichdona.

Ishni avval gurunchni uvitib qo´yishdan boshlaymiz.Sabzi va piyozni archib olamiz.

Go´shtni yarmini o´rtacha kattalikda bo´lib olamiz qolganini katta katta qilib  bo´lamiz.

Yog´ni qozonga solib qizdiramiz. Go´shtni solib yahhsilab qizarguncha qovuramiz.

Go´shtni qizartirib qovurib bo´lganimizdan so´ng piyozni solib uniham qizartirib qovuramiz.

Sabzini kattaroq qilib to´g´rab olamiz. Sabzini go´sht va piyozga solib uniham yahshilab qovurib olamiz. Tuz va kashnichdona solib qovurishda davom etamiz.

Suv quyib 30-40 daqiqa o´rtacha olovda zirvakni tayyorlab olamiz. Gurunchni yahshilab yuvib zirvak ustiga solib qaynagan suvni quyamiz. Hamma uz gurunchini qancha suv ko´tarishini biladi. Shuni hisobini olib suvni quyaverasiz.

Suv tortgandan keyin gurunchni o´rtaga to´plab ustiga zira sepib olamiz.

20 daqiqa dam oldirib dimlab qo´yamiz. Damlaganda olovni past qilib qo´yamiz.Chunki kuyib qolishi mumkin.

20 daqiqa vaqt o´tgandan keyin oshni ichidagi katta go´shtlarini terib olamiz.Va bo´laklarga bo´lib olamiz.

Oshimiz tayyor endi tovoqqa suzib oshni ustiga to´g´rab olgan go´shtimizni solamiz. Hohishga qarab uzingiz hohlagan salat bilan oshimizni dasturxonga tortamiz.

Spread the love