Okategoriserade

Tovuq go´shtidan kalbasa

Kerakli masalliqlar:

2 kg tovuq go´shtini suaykli qismi kerak bo´ladi.

Go´shtni suyagidan tozalab olishimiz kerak. Chunki bizga yumshoq qismi kerak bo´ladi holos.

ichak

tuz, zira va kashnichdona kerak b ladi.

Tovuq go´shtni avval po´stini so´ngra suagini ajratib olamiz. Tuz , 1 osh qoshiq maydalangan zira va 1 osh qoshiq maydalangan kashnichdoona solib yahshilab aralashtiramiz. 1 kunga muzlatkichka olib qo´yamiz. Ichakni yahshilab ichini tozalab yuvib olamiz.

Ertasiga tovuqni olib ichakni ichiga solib chiqamiz. O´ta tor bo´lib ketmasligi kerak. Hohishga qarab katta yoki kichik qilishimiz mumkin.

Tayyorlab olgan kalbasalarimizni qozonga suv quyib 1 soat atrofiga qaynatib pishirib olamiz. Qozonga solishdan avval igna bilan kalbasalarni har har joyini teshib qo´yamiz.

Kalbasalarimiz judaham mazali bo´ladi. Albatta tayorlab ko´ring.

Spread the love