oshxona.net
Pishiriqlar

Bo´g´irsoq

Kerakli masalliqlar:

4 dona tuhum, 2 choy qoshiq razrihritel, 1 chimdim uz , yumshoq bo´lguncha un, 0,5 dl o´simlik yog´i , 2 osh qoshiq shakar va qovurish uchun ko´proq yog´kerak bo´ladi.

Bitta idishga tuz, razrihritel va shakarni solib olamiz. Ustiga tuhum chaqib yog´ni solib aralashtiramiz.

 

Tuhum usiga oz ozdan un solib yumshoq qo´lga yopishmaydigan hamir qorib olamiz

Hamir biroz tingandan so´ng ozgina yoyib bir enlik qilib tasmalar kesib olamiz.

Har bir tasmani yan eniga bir enlikdan qilib kesib olamiz.

Bo´laklarga bo´lib olgan hamirlarimizni har birini yumaloqlar chiqamiz.

Qozonga ko´proq yog´solib qizdirib olamiz va bo´g´irsoqlarni solib o´rtacha olovda qizargunga qadar pishirib olamiz.

Tayyor bo´lgandan so´ng ustiga shakar upasidan sepib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.