oshxona.net
Pishiriqlar

Chak – Chaka

 

Kerakli masalliqlar:

Hamiriga: 3 ta tuxum, 1 choy  qoshiq mayonez, 1 choy qoshiq razrihritel va keragicha un.

Qovurish uchun: 500 gram o´simlik yog´i.

Qiyomiga: 250 gr asal, shakar 125 gr, 2 osh qoshiq suv kerak bo´ladi

Tuhumni chaqib ustiga mayonez va razrihritelni solamiz. Hamasini yahshilab bir hil massa bo´lguncha aralashtiramiz.

Unni oz ozdan solib hamir qorib olamiz. Hamirimiz qo´lga yopishmasligi kerak. Qattiq ham bo´lib ketmasin. O´rtacha yumshoqlikda hamir bo´lishi kerak.

Hamirimizni yoyib avval bo´yiga so´ngra eniga tahminan bir enlikdan qilib kesib olamiz.

Qizib turgan yog´ga  tayyor kesilagan hamirlarimizni oz ozdan solib pishirib olamiz.

Yog´imizni tagi o´ta baland bo´lmasligi kerak. Aks holda chak-chaklarimiz ishib ulgurmasdan kuyib ketadi. O´rta olovda yostiqcha bo´lib dumboqqina bo´lib chiqadi. Pishgandan so´ng chovlida suzib olamiz.

Aalohida idishda shakar va suvni aralashtirib eritib olamiz. Erigandan so´ng asalni solib ozroq qaynatib qiyom tayyorlab olamiz. Pishgan chak- chakalarimizni ustiga oz- ozdan quyib ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Chak- chakamiz tayyor. Hohishga qarab yon´oq va mayiz bilan bezatib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.