oshxona.net
Pishiriqlar

Chap Chap non

Kerakli masalliqlar:

2 kg un, 4,5 stakan iliq suv, 1 dona tuhum, 1 dl o'simlik yog'i, 50 gram hamirturush, 1,5 osh qoshiq tuz, kunjut va sedona kerak bo'ladi.

Unimizni idishga solib ustiga hamirturush va  o’simlik yog’i solamiz. Undan so’ng iliq suvga tuzni aralashtirib unimizga oz ozdan qo’shib hamir qilamiz. Tayyor bo’lgan hamirimizni yumaloq zuvala qilib ustini yopib 45 daqiqaga oshirishga qo’yamiz.

Tayyor zuvalalarimizni oshib chiqqandan so’ng yasashni boshlaymiz.

Yumaloqlab non shaklini berganimizdan keyin qo’limiz yordamida nonimizni bo’laklab chiqamiz. Ehtiyot bo’lib qo’l bilan bosish kerak. Ohirigacha bosmaslik kerak. Faqatgina shakl chiqquncha eziladi.

Shakl berib bo’lganimizdan so’ng esa chekich yordamida o’rtasiga urib olamiz. O’rtasi shishib ketmasligi uchun yahshilab bosish kerak.

Nonlarimizni yasab bo’lganimizdan so’ng duhofka listiga qo’yamiz va yana 30 daqiqaga oshirishga qo’yamiz. Bu juda ham muhum chunki nonimizni chiroylik ko’rinishga ega bo’lishga yordam beradi.

Oshib chiqqan nonlarimizni ustiga tuhumni surkaymiz va kunjut sepamiz. Kunjut chap chap nonning asosiy mazasini beradigan priprava hisoblanadi. Shuning uchun ko’proq sepish kerak. Tabga qarab ozgina kunjut bilan ham bezatsa bo’ladi.

 

Nonlarimizni 220 darajada usti va tagi qizarguncha pishirib olamiz. Tahminan 40 daqiqa atrofida qizarib pishadi.

Nonimizni tagi huddi tandirda pishgandek qizarib pishadi. Buning uchun mahsus qog’oz solmasdan listni uzida pishirish kerak bo’ladi. Nonimiz tayyor

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.