
Shafranli bulochkalar
17/12/2018
/
Kerakli masalliqlar:

- 50 g hamirturush
- 0,5 gram shafran
- 150 g sariyog´yoki margarin
- 5 dl iliq sut
- 0.5 tsk tuz
- 1.5-3 dl shakar
- 17 dl un
- 1dona tuhum betiga surkash uchun va mayiz kerak bo´ladi.
Hamirturushni idishga maydalab olamiz va tuz , shakarni solib aralashtiramiz.


Sahfranni alohida idishga solib ozgina shakar bilan maydalab olamiz. Saryog´ni eritib shafran bilan aralashtiramiz.


Sariyog´va shafran aralashmasini hamirturushga qo´shamiz.


Un solib hamir qilamiz.


30-40 daqiqaga oshirgani qo´yamiz.


Oshib chiqgan hamirimizni 30 dona zuvalachalar qilamiz va 10-15 daqiqa dam oldirgani qo´yamiz. Dam olgan zuvalalarimizni uzunchoq tasma qilib olamiz.


Rasmda turganday qilib o´rab chiqamiz. Gaz listiga terib 15 daqiqa dam oldiramiz.


Oshib chiqqan bulochkalarimiz ustiga tuhum surtib mayiz qo´yib chiqamiz. (mayiz qo´yganim rasmga tushmay qolgan)


225 darajada 10-12 daqiqa pishirib olamiz.




Previous
Qaymoq va sgushonkali Tort

Newer
Mayonezli sousda tovuq
O'hshash taomlar

Frallar
12/11/2019
Qulpinoy va tvarogli Pie
15/07/2019