oshxona.net
Pishiriqlar

Karamel kremli tort

Kerkli masalliqlar:

✏️5 ta tuhum

✏️2 dl shakar

✏️1,5 dl un
✏️1,5 dl kartoshka kraxmali
✏️2 choy qq to’la razrixlitel
Kremi uchun:
1 banka karamel krem
400 gram saryog
5 piyola qaymoq
1 piyola shakar kerak bo´ladi.
Duvovka 170-175 gradusga qizdirib olinadi.
24-26 cmlik qolip yog’lab olinadi
 
Tayyorlanishi:
 
Tuhum bilan shakar 5-7 minut oq rangga kirguncha mixer qilinadi.
 
Hamma quruq masalliqlarni birga aralsashtirib olinadi.
Tuhumli massaga quruq masalliqlarni sekin -sekin qoshiq bilan aralashtirib qolibga quyamiz.
 
 
24 cm kattalikdagi qolibga quyib olamiz va avvaldan qizitib olingan duxovkamizda 45-50 min atrofida pishiriladi.
 
 
Qolipda turgancha sovutiladi.

Bemalom 3-4 taga bo’lsa bo’ladi bu biskvitni. Biskvitni shirin suv bilan namlab olamiz. Man qaymoq karamel va sutni aralashtirib namlab oldim.

 

Endi kremlarni tayyorlab olamiz. Saryog´ni yahshilab oqargunga qadar k o´pritiramiz mixer yordamida.

Karamel kremni solib bir hil massa bo´lguncha mixerlab olamiz.

Qaymoqni ham shakar bilan mixerlab olamiz. Tabga ko´ra 3 osh qoshiq to´la karamel krem solish ham mumkin. Shunda rangi saryog´li kremga yaqinroq bo´ladi.

Endi tortni yog´ishni boshlaymiz.Qaymoq kremni har bir qavatni o´rtasiga solib chiqamiz. Saryog´kremni esa chekalariga siqib aylana hosil qilib chiqamiz. Har bir qavatni shu tarzda yig´ib chiqamiz.

Atrofiga va tepa qismini saryog´li krem bilan yopib chiqamiz. Muzhonaga 20 -30 daqiqaga qoy´amiz .Muzhonadan olgandan keyin  yana bir qator krem surtib chiqamiz. Hamma uz uyida bor imkoniyatga qarab bezatishi mumkin. Manda shokolad ganash va yong´oq kukuni borligi sabab shu ikkovi bilan kifoyalandi. Bezatish albatta hammani uz hohishiga havola

Tortimiz tayyor. Balandgina maz judaham mazali bo´ladi. bemalol marosimlar uchun ham tayyorlab yaqinlaringizni hursand qilishingiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.