oshxona.net
Pishiriqlar

Ko´katli qatlama

Kerakli masalliqlar.

 

2 stakan sovuq suv, 1 kg un, rayhon, kashnich, ukrop, 2 choy qoshiq tuz, 75 gram saryog´yoki margarin kerak bo´ladi.

Ko´katlarimizni to´g´rab saryog´ni eritib olamiz. Suvni bitta idishga solib ustidan ko´katni ozroq qismini solamiz .  2 osh qoshiq yog´va 2 choy qoshiq tuz solamiz.

1 kg unni solib yumshoqroq hamir qilamiz va 20 daqiqa tindirish uchun olib qo´yamiz.

Un sepib hamirimizni yoyib olamiz.

Eritilgan saryog´ni surtib chiqamiz hamma joyiga v ustidan ko´katni sepamiz.

Hamirimizni o´qlovga o´rab chiqamiz. O´rab bo´lgandan so´ng o´rtasidan kesib olamiz.

Eniga tortib o´rab chiqamiz. 

O´rab bo´lgandan so ´ng 4 qismga bo´lamiz. Hammasini yoyib skavarodkada 1 osh qoshiqdan yog´solib har ikkala tarafini qovurib chiqamiz.

Qovurish davomida tez tez ikkala tarafini past roq olovd aylantirib turish kerak varoqlari ochilishi uchun. Qatlamamiz pishgandan so´ng betini 10 daqiqa sochiq bilan yopib qo´ysak yumshab turadi. Qatlama suyuq ovqatlar bilan yanada mazli bo´ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.