oshxona.net
Pishiriqlar

Kruassan bulochkalari.

Kerakli masalliqlar:

325 gram iliq sut, 125 ml o´silik yog´i, 1 osh qoshiq shakar(hohishga qarab ko´paytirish mumkin)  1 choy qoshiq tuz,  1 osh qoshiq hamirturush,  2 ta tuhum, Oqi ichiga sarig´i ustiga surkash uchun,  5 stakan un,  orasiga surish uchun 150 gram hona haroratidagi saryog´kerak bo´ladi.

q

O´simlik yog´ini bir idishga solib olamiz. Uni ustiga tuhum oqini hamirturushni, tuz va shakarni solib aralashtiramiz. Sutni ilitamiz va un bilan birga barcha masalliqlarimizni aralashtirib hamir qilib olamiz.

Hamirimizni 8 qismga bo´lib olamiz va 25-30 daqiqa  ko´ptiriishga qo´yamiz.

Zuvalalarimizni o´rtacha kattalikda yoyib olamiz va har birini orasiga hona haroratida yumshagan saryog´ni surtib chiqamiz. Eng ohiriga yani tepa qismiga surtmaymiz.

Qavat qavat qilib tahlab olgan hamirimizni yoyib olamiz. Iloji boricha uzunchoqroq shaklda yoyish kerak. Undan so´ng hamirni teng o´rtasidan bo´lib olamiz va uchburchak uzunchoq shaklda kesib chiqamiz(Rasmdan aniqroq ko´rsatilgan)

Kesib oligan hamirimizni huddi rogalik o´ragandek o´rabchiqamiz. 1 soat oshirishga qo´yamiz.

Oshib chiqqan bulochkalarimizni  so´ng ustiga yuhum sarig´ini surtib 180-190 darajada 30-35 daqiqa pishirib olamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.