oshxona.net
Pishiriqlar

Mazali uy nonlari

Kerakli masalliqlar;

3 piyola qatiq,

1 osh qoshiq tuz,

1 dona hamirturush,

5-6 osh qoshiq olivkiy yog´i, 

3 piyola issiq suv

1 dona tuhum,

kunjut . 1 osh qoshiq shakar va  keragicha un kerak bo´ladi.

Kattaroq idishga yog´, shakar, tuz va hamirturushni solib eritib olamiz. Ustidan 3 piyola qatiq solamiz.

3 piyola issiqroq suv quyamiz. Qo´l kuymaydigan iliq bo´lishi kerak. Unnni oz – ozdan solib hamir qoriymiz. Hamirimiz yumshoq lekin qo´lga yopishadigan bo´lmasligi kerak.

Tayyor hamirimzni oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng ikki qismga bo´lamiz.

Har birini 5 bo´lakka bo´lib zuvalahalar yasab olamiz. Yana dam oldirishimiz kerak. Dam olgan zuvalalarimizga pichoq yordamida shakl berib chiqamiz.

Nonimizni o´rtsini mushtimiz bilan ezamiz va atroflarini yoyib olamiz.

Tayyorlab yasab olgan nonlarimzni ustiga tuhum surkab kunjut va sedona bilan bezaymiz.

250 darajada har ikkala tarafi qizargunga qadar pishirib olamiz. Nonimiz tayyor!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.