Pishiriqlar

Medoviy tort/ Asal tort

Kerakli masalliqlar:

1 st asal, 200 gram shakar
5 ta tuxum, 2 choy qoshiq soda, 2 choy qq razrihritel , 200 gram hona haroratida turgan sariyog´ yoki margarin
2 st un kerak  bo´ladi.
Kremiga:
Qaymoq yoki slivki 1,5 dl shakar bilan köpirtiriladi. Hohishga qarab vanilin solish ham mumkin.

Tayyorlanishi:
1 st asal 2 qoshiq soda ikkalasini qozonchaga solib  gazda jigarrang bo’lguncha aralashtirib turiladi.

200gr xona harortidagi saryog’ solinadi.
Gazdan olinib birozgina sovushga qo’yiladi.
Bu vaqt orasida 5ta tuxumni  shakar bilan 5-6 daqiqa  ko’pirtiriladi.  Oqish rangga kirguncha.

Keyin 2 stakan unga 2 qoshiq razrihritel  yoki 1 qoshiqq soda solib aralashtiriladi. aralashmani tuhumli massaga qo´shamiz. Avvaldan tayyorlab sovutishga qoýgan asalli massamizni sekin-sekin solib mixer qilishda davom etamiz.
Endi buni xam tuxum bilan asallik aralashmamizga astalik bilan oz-ozdan solib aralashtiramiz.

Birhil massa bo´lgan qorishmamizni gaz listiga teng ikkiga bo´lib olamiz va 200 darajada har birini  tahminan 7-10 daqiqa pishirib olamiz.

Pishkan korjlarimizni chekalarini tekislab ortiqchasini kesib olamiz va har ikkalsini teng o´rtasidan bo´lib ikkita korjni 4 ta qilamiz. Yani 4 qavat qilish uchun.

Chekasidan ortgan hamirlarimizni alohida idishga solib ularni maydalab yasatish uchun alohida olib qo´yamiz.

 

Endi ichiga surkash uchun krem tayyorlab olamiz. Qaymoqni shakar bilan yahshilab ko´pritirib olamiz. Hohishga qarab vanilin solishimiz mumkin. Quyulgan qaymoqni korjlarimizga surkashni boshlaymiz.

Kremimizni birinma ketin har bir qavatiga surkab chiqamiz. Har biriga surkab tayyorlab olamiz.

Chetlariga qaymoqdan surkab avvaldan tayyorlab qo´ygan uvoqdan tekislab atrofiga  surtib chiqamiz. Tepa qismini hohishga qarab bezatish mumki. Qolgan uvoq bilan yopib chiqsh mumkin yoki shokalad yordamida bezatish mumkin. Hammani o´zini fantaziyasiga havola.

Tortimizni kami 1-2 soat kesmaslik kerak kremlar shimib yanada mazalik bo´lib yumshashi uchun.Kesishga ham osonroq bo´lishi uchun. Darrov  kesilsa siljib qiyshiq kesilishi mumkin.

Spread the love