oshxona.net
Pishiriqlar

Obi non

Kerakli masalliqlar:

Obi non tayyorlash uchun bizga 2 kg un,  4 stakan iliq suv,  50 gr ho´l  hamirturush, 2 osh qoshiq  tuz,  4 osh qoshiq  zaytun yog´i, 100 ml o´simlik yog´i ,  2 don tuhum,  2 osh qoshiq shakar va kunjut kerak bo´ladi.

Avval hamirturushni idishga solib maydalab olamiz. Keyin  tuz va shakarni qo´shib eritamiz olamiz. Undan so´ng ikkkala yog´ni solamiz.

Ustidan unni elab solamiz. Uniizni o´rtasiga iliq 4 stakan suv quyamiz.Yumshoq hamir qorib olamiz.

Hamir qorib olgandan so´ng betini yopib oshirishga qo´yamiz.

Oshgan hamini zuvalalar qilib yana oshirgani betini yopib qo´yamiz.

Oshgan zuvalamizni hammasini yasab olamiz va gaz listiga terib yana 20-25 daqiqa oshiramiz. Har hamir dam olib oshganda nonimiz yumshoq va mayin chiqishiga yordam beradi.

Gazimizni 220 daraja qizdirib olamiz. Nonlarimizni tuhum surkab kunjut sepib chiqamiz. Gazga qo´yib har ikkala tarafi qizargunchapishirib olamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.