oshxona.net
Pishiriqlar

Oddiygina karamelli tort

Kerakli masalliqlar:

Kraxmal-140 gram,u n -100 gram
Shakar-170 gram, 2 choy qoshiq vanilin, 2 choy qoshiq to’la razrixletel, 5 ta tuhum.
Kremi uchun:
50 ml- slivki(issiq bo’lishi kk)
150 gr-shakar, 25 gr-saryog'(xona haroratida)40 ml-suv, chimdim tuz va yeryong´oq kerak bo´ladi.
Ikkinchi kremiga:
3 piyola qaymoq, 2 osh qoshiq shokolad pastasi va bezatish uchun muzlagan mevalar kerak bo´ladi.
Duxovka 170 gradusga qizdiriladi. Qolip hajmi: 20×30 manda 26 cmlik dumaloq polipda ham pishirsa bo’ladi bu retsept bilan.
Tayyorlanishi:
Shakardan boshqa quruq masalliqlarni aralashtirib ,yaxshilan elab olamiz.
Tuxum bilan shakarni kamida 5 minut ko´paytiramiz.Oppoq bo’lguncha ko’pirtirilad.
Oz-ozdan un solib aralashtiriladi. Qolipga qo´g´oz solib tayyor hamirni quyamiz va 30-35 minut atrofida pishiriladi.
Sovuganidan keyin qolipdan olib boshqa tarafini og’daramiz.

 

Katta kastrulga shakar bilan suvni solib eritamiz.O’rtacha olovga qo’yiladi. Aralashtirmaymiz!!! Agar aralashtirilsa shakar bosib qoladi.
O’zi sekin erib to’q rangga kirishni boshlaydi.
Rangi to’q bo’lganidan keyin gazdan olib xona haroratida yumshab turgan saryog’ni solamiz. Keyin issiq slivkini oz-ozdan solib yaxshilab aralshtiramiz. Ihtiyot bo’lilar hajmi oshib,ko’tariladi. Buni yana gazga qo’yib 110 gradusga yetguncha qaynatamiz.
110darajga yetganidan keyin boshqa biror quruq idishga quyib yeryon´oqni solib sovutishga qo’yamiz. Bir kundan keyin ishlatsa bo’ladi. Turib ancha quyuqlashadi.
 Qaymoqni ozroq ko´pirtirib olganimzdan so´ng shokola pastasini solamiz va yana quyulguncha ko´pirtiramiz.

Sovugan biskvitimizni ikkiga bo´lib olamiz.

O´rtasiga karamelni tekislab solib chiqamiz.

Ustini yopib qaymoqli kremdan surtib chiqamiz. Hohishga qarab qolgan kremdan gillar chiqaramiz va hohlagan mevamiz bilan dezatib dasturxonga tortamiz.

Ertasiga tortimiz kremlari shimib yanada mazali bo´lib qoladi. Hohishga  qarab biskvitni shakarli suv/sut bilan surtib yumshatib olish mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.