oshxona.net
Pishiriqlar

Og´izda eriydigan pecheniy

Kerakli masalliqlar:
 
250 gr yumshoq saryog’
4 osh qq kraxmal
0,5 st yog’
0,5 st shakar pudrasi
3,5 st un
1 osh qq vanillin kerak bo´ladi
Tayyorlanishi: Saryog’, shakar pudrasi va yog’ ni mixer yordamida yaxshilab bir-hil massa bo´lguncha aralashtiriladi.

So’ngra kraxmal solib yana mixer bn ko´pirtiriladi. 1 st un solib uni  ham mixer bilan ko´pirtiriladi. Yana 1 st un solib endi qoshiq yordamida aralashtirildi.

Qolgan un bilan hamirni stol ustiga olib, qo´lga yopishmaydigan hamir qilinadi.

Hamirni 3 bo´lakga bo´lib kolbasa shakliga keltirib kesib olamiz.

Kesib olgan pecheniylarimizni gaz listiga terib chiqamiz.

Biroz qizarguncha 150 gradusda duxovka o’rtasida pishiramiz. Ustiga shakar upasidan sepib dasurxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.