Pishiriqlar

Oladushki

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuhum, 2 dl shakar, un, 2 choy qoshiq razrihritel, 2 dl sut, 1 dl o’simlik yog’i kerak bo’ladi.

 

Tuhumni idishga chaqib 2 dl shakar bilan yahshilab oppoq bo’lguncha ko’pirtiramiz.

Undan so’ng 2 choy qoshiq razrihritelni solamiz va yahshilab aralashtiramiz.  Sutni solamiz va unimzni oz – ozdan solib  bir hil massa bo´lguncha aralashtiramiz.

 

  Aralashmamiz o’rtacha quyuqlikda bo’lishi lozim. O’ta suyuq ham emas. So’ngra unga o’simlik yog’imizni solib yana ozroq aralashtiramiz.

Skavarodkamizga 1 osh qoshiq o’simlik yo’gi solib past olovda hamirimzni 1 osh qoshiqdan qilib quyamiz.  Har ikkala tarafini ham past olovda qizartirib pishirib olamiz. Baland olovda ichi pishmay usti kuyib qolishi mumkin. Olov past bo’lsa ichlari yahshi pishib ustini rangi bir tekisda bo’lib chiqadi.

Dasturhonga tortishdan oldin qaymoq va quyultirilgan sut bilan berish mumkin. Albatta hohishga qarab.

 

Spread the love