oshxona.net
Pishiriqlar

Ovsiyankadan blinchiklar

Kerakli masalliqlar:

Ketadigan vaqti :25-daqiqa

Portsiya: 4 kishilik:

6-7 dl sut, 1choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq shakar, 2 choy qoshiq razrihritel,3 dl ovsiyankani maydalangani, 2 dona tuhum, 1 dl yog´kerak bo´ladi.

Tuhumni bitta idishga chaqib olamiz. Tuz, razrihritel va shakar solib aralashtirib ozroq ko´pirtirib olamiz.

Ovsiyankani blenderda maydalab un qilib olamiz va tuhum ustiga solamiz. Usiga sut solib bir hil massa bo´lguncha aralashtiramiz.

Ustiga yog´solamiz va 15 daqiqaga bir chetga dam oldirishga olib qo´yamiz. 15 daqiqa o´tgandan keyin skavarodkamizni yahshilab qizdirib olamiz.

Bir cho´michdan quyib har ikkala tarafini qizartirib pishirib olamiz. Albatta hamma o´z skavarodkasini katta kichikligiga qarab quyadi. Qancha miqdorda quyishni har kim o´zi bilib quyaveradi.

Blinchiklarimiz tayyor. Yangicha mazali blinchiklar sog´liq uchun judaham foidali bo´ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.