oshxona.net
Pishiriqlar

Piyozli chalpak

Kerakli masalliqlar:

2 dona piyoz

kashnich

o´simlik yog´i

1 osh qoshiq tuz

2 stakan suv va keragicha un kerak bo´ladi.

Piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Kashnichni ham maydalab to´g´raymiz.  Bitta kattaroq idishga suv va tuzni solib aralashtirib olamiz. Ustiga piyoz va kashnichni solamiz. Unni oz ozdan solib o´rtacha yumshoqlikda hamir qorib olamiz.

Hamirni ustini yopib 20 daqiqaga olib qo´yamiz. Dam olgan hamirni o´rtacha kattalikda zuvalachalar qilib olamiz.

Zuvalachalarimizni yoyib tayyorlab olamiz. Skavarodkaga 1 osh qoshiqdan o´simlik yog´i solib ikkala tarafini o´rtacha olovda qizartirib pishiramiz.

Chalpaklarimiz tayyor. Pishgan Chalpaklarimizni yoyib katta tovoqqa solamiz.

Chalpaklarimiz suyuq taomlar bilan yanada mazalik va o´zgacha bo´ladi

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.