oshxona.net
Pishiriqlar

Qo’qon patir

Kerakli masalliqlar:


2,3 kg un, 500 gram saryog', 1 litr sut, 3 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq shakar, 50 gram hamirturush, betiga surkash uchun 3 dona tuhym va sedona kerak bo'ladi.

Sutni tahminan 37 daraja iliqlikda ilitib olamiz. Idishimizga avval shaka va tuzni solamiz. Undan so’ng saryog’imizni eritib olamiz. Iligan sut va saryog’imizni tuz va shakar ustiga quyamiz .

Hamirturushimizni solib sutda eritib olamiz va unni solib hamir qilamiz. Yahshilab mushtalab uni bir tekisda silliq bo’lguncha mushtlash kerak.

Hamrimiz oshib chiqqandan so’ng 8 dona zuvala qilib olamiz. Hohishga qarab katta va kichik qilish mumkin. Zuvalalarimiz oshib chiqqandan so’ng nonimizn yasashni boshlaymiz.

Agar mahsus yumaloq qolib yoki kattaroq tovoq bo’lsa patirimiz yanaham chiroyli va bir hil koo’rinish va kattalikda bo’ladi. Manda pizza pishirish uchun mahsus yumaloq qolip yani list borligi uchun ushandan foidalandim.

Patirimizni yupqa qilib qo’limiz bilan yoyishimiz kerak. Qalin bo’lib ketmasligi kerak. Chunki hamirturush hisobiga ishib qalin bo’lib qoladi.

Pichoq bilan chekalariga ehtiyotkorlik bilan kesib chiqamiz. Chuqur kesib yubormasligimiz kerak. Tayyor yoyilgan patirlarimizga tuhumni alohida idishga solib aralashtirib olamiz va bir tekisda surkab chiqamiz. Surkab bo’lgandan keyin sedona sepib duhofkada 225 darajada qizarguncha pishirib olamiz.

 

Judaham mazalik og'izda eriydigan bo'ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.