oshxona.net
Pishiriqlar

Qulpinoy va tvarogli Pie

Kerakli masalliqlar:

Hamiri uchun: 200 gram sariyog´  yoki margarin,  4 dl un,  1 choy qoshiq razrihritel kerak bo´ladi.

Nachinkasiga: 1,5dl qaymoq,  1,5 dl tvarog, 1 dl shakar kerak bo´ladi.

Beze uchun: 3 dona tuhum oqi va 1 dl shakar kerak bo´ladi.

Margarinni unga botirib qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Unni ustiga solib razrihritel qo´shamiz va hamir qorib olamiz.

Hamirimizni 28 dm kattalikdagi qolipga bir tekisda qilib yoyib chiqamiz. Chekalarini huddi qolip  ko´rinishga keltirib olamiz.

Shakar , tvarog va qaymoqni bitta alohida idishga solib mixer yordamida ozroq quyultirib olamiz.

Tuhum oqini shakar va ozroq limon sokidan solib yahshilab quyuq bo´lguncha ko´poirtirib olamiz.

225 gradusda hamirimizni 15-20 daqiada atrofida pishirib olamiz. Pishib chiqgandan so´ng qaymoq va tvarogli kremimizni solamiz.

Tuhum oqidan tayyorlab olgan bezemizni konditor qopchasiga solamiz va krem ustiga hohlagan shalimizda siqib chiqamiz. Yana gazga solib bezemiz qizarib qurib pishguncha ushlaymiz. Tahminan 30 daqiqa atrofida qizarib pishadi. Gazimiz 200 daraja qizigan bo´lishi kerak.

Hohishga ko´ra ustiga qulpinoy yoki boshqa meva bilan bezatib dasturxonga tortishingiz mumkin!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.