Qaymoqli sousda qo´ziqornli taom

Kerakli masalliqlar.

 

 

3 kishi uchun kerakli masalliqlar:

250 gram shampinion, 250 gram makaron, 2 piyola qaymoq, 1 dona katta piyoz, 2 osh qoshiq o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi.

Piyozni maydalab olamiz. Qo´ziqorinni ham maydalab to´g´rab olamiz. Qozonga yog´ni solamiz keyin  qo´ziqorinni solib qoviramiz. Ozroq qovurgandan so´ng piyozni solib qovuramiz.

Yahshilab qovurilgandan so´ng tuz va qaymoqni solib past olova 5-6 daqiqa qaynatib olamiz.

Makaronni qaynagan suvda tuz va 1 osh qoshiq yog´solib qaynatib pishirib olamiz. Makaronni suvdan olib tarelkaga solamiz va ustiga sousli qo´ziqorindan solamiz. Tabga ko´ra murch va ozroq ko´kat sepamiz. Taomimiz bor yo´g´i  20 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.