oshxona.net
Quyuq taomlar

Antiqa qovurma

Kerakli masalliqlar:

2 kg tovuq oyoqchalar

1 kg o´rtacha kattalikda kartoshka

1 piyola tomat

1 osh qoshiq mayonez

1 osh qoshiq soya

1 osh qoshiq tomat pastasi

sarimsoq piyoz, yog´, tuz   va ziravorlar kerak bo´ladi.

Tovuqni marinofka qilishdan boshlaymiz. Myonez, soya, tomat pastasi hammasidan 1 osh qoshiqdan solamiz. Tuz va ziravorlar solamiz. Yahshilab aralashtiramiz.

Kartoshkani archib yuvib tozalaymiz . Kartoshkalarni sochiqga  yoyib qurutamiz. Ko´proq yog´da qizartirib qovurib olamiz.

Tovuq oyoqchalarini ham huddi shu yog´da kartoshka qizargandan so´ng solib qizartirib olamiz.

Hammasini qizartirib bo´lganimizdan  so´ng boshqa qozonga yog´solmasdan quruq kartoshka va tovuqlarimizni o´zini terib chiqamiz.

Usiga bir piyola tomat va bir piyola suv quyamiz. Tabga ko´ra  tuz solamiz. 45-50 daqiqa atrofidan pastroq olovda dimlab qo´yamiz.

Ovqatimiz tayyor! Judaham mazali ,yumshoqqina,suvlikkina va  antiq qovurma bo´ladi. Tayyorlab ko´ring!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.