oshxona.net
Quyuq taomlar

Arabcha pirog

Kerakli masalliqlar:

Hamir uchun kerakli masalliqlar: 50 gram hamirturush, 4 dl iliq suv, 1 dl iliq sut, 50 g saryog', 12 dl un, 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar va 50 ml o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

300gr mayda to’g’ralgan shpinat, 2 dona piyoz, 2 osh qoshiq o’simlik yog’i, tuz va ziravorlar kerak bo’ladi.

Shpinatimizni maydalab to’g’rab olamiz va piyozni qirg’ichdan chiqaramiz. Tuz, ziravor va o’simlik yog’ini solib yahshilab aralashtiramiz.

Birinchi bo’lib ishni  hamir qilishdan boshlaymiz. Hamirimizni qilish uchun avval suv bilan sutni ilitib olamiz va idishga solamiz. Ustiga shakar, tuz va hamirturushni q’shib aralashtiramiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini quyamiz va unimizni solib hamir qoramiz. Hamirimiz yumshoq hamir bo’ladi. Qo’lga yopishmaslik uchun ozgina un sepib mushtlash mumkin. Mushlab bo’lganimizdan keyin hamirga dam beramiz.

DSC00039

Oshib chiqqan hamirimizni zuvalachalar qilamiz va yana oshirishga qo’yamiz.

Oshgan zuvalalarimizni 2,5 mm qalinlida qilib yoyamiz va yana dam olishga qo’yamiz. Kulchalardi hajmini ihtiyorga qarab kattaroq yoki kichik qilishi mumkin.

Dam olib bo’lgan hamirlarimizni o’rtasiga shpinatli masalliqlarimizni solamiz va to’rtala chekkasini bir biriga tekkazib yopib chiqamiz. O’rtasi ochiq qolishi kerak.

Tayyorlab tugib olingan piroglarimizni 225 darajada isigan duhofkamizda 15 daqiqa atrofida pishirib olamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.