oshxona.net
Quyuq taomlar

Baliqdan mazali taom

Kerakli masalliqlar:

1,5 kg baliq file (hohlagan turdagi baliq).

1 dona limon.

2 dona piyoz.

75 gr sariyog´.

ukrop

2 piyol bulg´ur.

yashil uzun loviya kerak bo´ladi.

Gaz listga falga qog´oz solib olamiz. Ustiga baliqlarni terib chiqamiz.

Baliqlarni ustiga sariyog´ni bo´laklarga bo´lib terib chiqamiz. Limon va piyozni parrak qilib to´g´rab olamiz.

Baliq va sariyog´ni ustiga piyoz, limon va ukropni terib chiqamiz. Usiga tabga ko´ra tuz va murch kerak bo´ladi. Falgani betini yopib 220 darajada 20-25 daqiqa pishirib olamiz.

1 dona piyozni maydalab 2 osh qoshiq yog´da qizarguncha qovuramiz.

 Ustiga 2 piyola bulg´urni solib ustidan 4 piyol qaynagan suv quyib past olovda dimlab pishiramiz.

Balig´imiz pishguncha bulg´urimiz ham pishib tayyor bo´ladi. Pishgan baliqni oldiga yashil loviyamizdan va bulg´urdan solib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.