Quyuq taomlar

Baqlajon qovurdoq

Kerakli masalliqlar

 

2 dona katta baqlajon, 3 dona piyoz, 2 dona pomidor,  ozroq zangor piyoz (Purjelök) 1 dona qalampir, 4 dona sarimsoq piyoz, tabga ko´ra tuz va 1 cho´mich o´simlik yog´i kerak bo´ladi.

Baqlajonni yumaloqlab yarim enlik qilib kesib olamiz. Skavarodkaga yog´ni solib baqlajonlarimizni har birini qizartirib qovurib olamiz.

Qovurib olganimizdan so´ng to´rtga bo´lib olamiz va alohida idishga solib olib qo´yamiz.

Qolgan barcha masalliqlarimizni katta – katta qilib maydalab to´g´rab olamiz. Eng avval qozonchaga yog´solib piyozni tilla rang bo´lguncha qovuramiz.

Undan so´ng ko´k piyozni va pomidorni birin ketin solib qovuramiz. Tabga ko´ra tuz sepamiz. Sarimsoq piyozni ham solib yana biroz qovuramiz.

Avvaldan qovurib tayyorlab qo´ygan baqlajonlarimizni solamiz va ozroq aralashtiramiz. 1 piyola sovuq suv quyamiz. Ukropni sepib ustini 15 daqiq yopib qo´yamiz.

 

Tayyor bo´lgan baqlajonimizni hohishga qarab istagan garnir bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love