Quyuq taomlar

Befshteks

Kerakli masalliqlar:

400 gram qiyma,

3 dona piyoz,

2 dona tuhum,

1 kg kartoshka2 piyola grechka,
yarim piyola non talqoni,
qaymoq,

murch, ukrop, tabga ko´ra tuz va 1 piyola tovuq bulioni yoki spusi kerak bo´ladi.

Kartoshkani archib maydalab to´g´rab olamiz va qozonchaga suv solib 1 osh qoshiq tuz solamiz. Qaynatib yahshilab yumshoq bo´l guncha pishirib olamiz. Grechkani 2-3 marotaba chayqab olamiz va alohida idishga solib uniham qaynatib pishirib olamiz.

Qiymani ustiga non talqonini va hohishga ko´ra hohlagan ziravorlardan solamiz. Man kashnichdona, ukrop, zira , murch va tuz soldim. Ustiga 2 dona tuhumni chaqib solamiz.

Qiymani yahshilab bir hil massa bo´lgunga qadar aralashtiramiz.Hohishga qarab kotletlarni katta yoki kichikroq qilib yasab olamiz.

Ozroq yog´ solib har ikkala tarafini qizartirib olamiz. Olov baland bo´lmasligi krak chunki ichi pishmay qolishi mumkin. Hamma kotletlar pishgandan so´ng hammasini terib ustidan 2 dl suv quyib o´rtacha olovda dimlab qo´yamiz. Suvi yuqolib mayin bo´lib pishadi. Tahminan 20 daqiqa dimlansa etarli.

Skavarodkaga tovuq sousini solamiz va ustidan 1 dona maydalangan piyozni solib qoyuramiz. Hohishga ko´ra hohlagan yog´ishlatish mumkin. Tovuq sousida yanada mazalik bo´ladi. Ozroq piyoz qizargandan so´ng 2-3 osh qoshiq tomat pastasi solamiz. Tuuz va ko´kat sepib 15 daqiqa qaynatib pishirib olamiz.

Kartoshka pishgandan so´ng ta´bga ko´ra tuz solamiz va 1 piyola qaymoq solib yahshilab mayin  va bir hil massa bo´lguncha pyure qilib ezib olamiz.

Grechkani hhishga qarab tuzini rostlaymiz va hohlasangiz ozroq sariyog´qo´shib yuborishingiz mumkin.

Barcha pishib tayyor bo´lgan mahsulotlarimizni alohidadan idishlarga solib dasturxonga tortamiz. Taomimiz engil va shu bilan birga juda mazali taom hisoblanadi. Asosiysi vaqt kam sarf qilinadi. Tayyorlab ko´ring!

 

Spread the love