oshxona.net
Quyuq taomlar

Chiken Tikka Masala(Hindcha taom)

Kerakli masalliqlar:

2 kg tofuq filesi, 1 osh qoshiq zanjabmilni qirigichdan o´tkazib olamiz,

4-5 dona sarimsoq bo´lagi,2 piyola qaymoq yoki slivki 16%,

2 osh qoshiq tomat pastasi , 100 gram tomat sousi, tuz, kurkuma, tovuqni tuzlash uchun 2 piyola qatiq, ozroq o´simlik yog´i,

3 dona piyoz, (manda uzun purjulök yani uzun yashil piyoz edi.)

Man bir kun avval tovuq fileni qatiq, tuz,  curry va kurkuma bilan marinofka qilib olgan edim. Tovuqni kattaroq bo´laklarga bo´lib olinadi va tanga qarab pripravalrdan ozroq yoki ko´proq sepib tayyorlab olamiz. Eng avval qozonga ozroq o´simlik yogí solamiz va piyozni engil qovurib olamiz.

Undan so´ng sarimsoq, zanjambil va curry solib yana engil qovurib olamiz.

Undan keyin tomat pastasini solib qovuramiz. Tovuq filesini solib yahshilab aralashtiramiz.

Filemizni yahshilab qovurganimizdan so´ng tomat sousini solib aralshtirib 3-4 daqiqa qaynatib olamiz.

Ustini yopib 40 daqiqa o´rta olovda dimlab pishirib olamiz. Vaq o´tgandan so´ng qaymoqni quyamiz va yana 10 daqiqaga dimlab qo´yamiz.

Taomimiz tayyor oldiga garnir sifatida uzingiz hohlagan mahsulot bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin. Man gurunch qaynatdim. Ustiga ukrop sepib bemalol oila azolaringizni mehmon qilishingiz  mumkin. Noodatiy lekin mazali taom bo´ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.