Quyuq taomlar

Dangasa kabob

Kerakli masalliqlar:

Ketadigan vaqti: 50 daqiqa, 15 daqiqa tayyorlshga 35 daqiqa pishishi uchun

Portsiya: 6 kishilik.

1 kg yog´liq qiyma, 3 dona piyoz, 1 kg kartoshka, 1 dona sabzi, 2 dona bulg´or qalampiri, 2 dona qizil piyoz1 dona tuhum, ko´kat, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi.

Qiymaga tuhum va ziravorlarni solamiz. Piyozni qirg´ichdan o´tkazib qo´shamiz.

Yahshilab aralashtirganimizdan keyin ustiga ko´kat solib yana yahshilab aralashtiramiz. Mahsus gazda pishiradigan formaga solib yoyib chiqamiz. Qalinligi tahminan 1,5 cm qilib yoyib chiqamiz.

Barmoqlarimiz bilan o´rtacha kattalikda bo´laklar qilib chiqamiz. Kartoshkamizni yahshilab yuvib olamiz. Har -bir kartoshkani 6 qismga bo´lib chiqamiz. Tuz, o´simlik yog´i  va hohishga qarab ziravorlar sepib aralashtiramiz.

Sabzi yupqa qilib kesib olamiz. Piyoz va bulg´or qalampirini uzunchoq qilib maydalab olamiz. O´simlik yog´i solib aralashtiramiz. Barcha narsalarimizni alohidadan idishlarga solib olamiz.

220 darajada pishirib olamiz.

Kabob tahminan 25 daqiqada pishib tayyor bo´ladi. Sabzavotlar va kartoshka 30 -35 daqiqa pishadi.

Taomimiz judaham oson va kam vaqt sarf qilinadi.

Spread the love