oshxona.net
Quyuq taomlar

Dangasa Pizza

Kerakli masalliqlar:

2-3 dona bulg´or qalampiri, 400 gram sir, 2 dl yog´, tuz, 1 karopka tomat pastasi, 150 gram muzlatilgan qo´ziqorin, 400 gram qiya go´shti, un 15-16 dl , 50 gram ho´l  hamirturush,  7,5 dl suv, 4 dona piyoz, 0,5 dl yog´, 1 osh qoshiq shakar  kerak bo´ladi.

Bulg´or qalampirini uzunchoq qilib maydalab olamiz. Piyozni yupqa qilib to´g´raymiz. Qiymani 2 dona  piyoz bilan qovurib olamiz. Hohishga ko´ra tuz va ziravorlar solamiz.

Bulg´or qalampirini ham alohida skavarodkada engil qovurib olamiz.

2 dona piyozni qizartiramiz va ustiga 1 karopka tomat pastasini solib tuz solamiz. Usiga ozroq suv quyib qaynatamiz. Tahminan 15 daqiqa qaynab pishsa etadi.

Endi hamir qorib olamiz. suv quyib tuz, sjakar va yog´solamiz. Ustidan unni solib yumshoq hamir qoramiz. Oshib chiqishi uchun olib qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng gaz listiga 2-osh qoshiqdan yog´solib surtib olamiz. Tayyor hamirni teng 3 qismga bo´lamiz va gaz listiga yoyib olamiz.

Yoyib olgan hamirimiz ustiga 1 osh qoshiqdan tomat solib yahshilab bir tekisda surkab chiqamiz.

Tomat ustiga  qirilgan sirni sepib chiqamiz. Uni ustidan bulg´or qalampirini solamiz.

Qiyma va qo´ziqorinni hamma joyiga yoyib chiqamiz. Duhofkamizni 225 darajaga qoýib qizdirib olamiz. Pizzamizni qizrguncha pishirib olamiz. Tahminan 15 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.

Pizzani pishdi, endi pizzani mahsus karam salat bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.