oshxona.net
Quyuq taomlar

Dieta uchun mazali taom.

Kerakli masalliqlar:

1 kg tovuq filesi,

6 dona kartoshka

2 dona sabzi

broccoli, yashil loviya manda muzlatilgani,

50-70 gram saryog

 tuz, murch, kashnichdona, sarimsoq piyoz va zira kerak bo´ladi.

Tovuq filen qalamcha qilib kesib olamiz. 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq zira, ozroq murch va 1 choy qoshiq kashnichdona bilan tuzlaymiz va yahshilab aralashtiramiz.

Gaz listiga avval yashil  loviya va broccolini joylashtiramiz. Usiga zroq tuz sepamiz.Uni oldiga tovuq fileni solib chiqamiz.

Kartoshkani yahshilab yuvib po´stlog´i bilan maydalaymiz. Sabzini archib , yuvib olamiz va yarim cm qalinlikda maydalab chiqamiz.

Sabzi va kartoshkani listimizga joylab chiqamiz. Ustiga saryog´ni maydalab solib chiqamiz.

225°C darajada 30-35 daqiqa pishirib olamiz. Hammani gazi isi´sig´i har hil bo´ladi. Uzingnizni gazingizga qarab pishishini ekshirib tursangiz bo´ladi.

 

Pishgandan so´ng yangi ukrop va sarimsoqni maydalab birga aralashtirib pishgan mahsulotlarni ustiga sepib tanovvul qilishni tavsiya qilamiz. Taomingiz yanada hushtam va mazali bo´ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.