Quyuq taomlar

Dolchinli bulochkalar

Kerakli masalliqlar.

150 g sariyog’ yoki margarin, xona harorati bo’lishi kerak.
5 dl sut, 50 g xamirturush
1 dl shakar shakar, ½ choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq cardamon 800 gram un kerak bo’ladi.

Ichiga surkash  uchun: 150 gram saryog’ yoki margarin, 1 dl  shakar,  2 osh qoshiq dolchin (koritsa), 1 dona tuhum va betiga sepish uchun mahsus shakar kerak bo’ladi.

Avval sutni 37 ° darajada isitib olamiz. Keyin hamirturushni va sutni idishga solib aralashtiramiz. Saryog’ni mayda bo’laklarga bo’lib solamiz, so’ng shakarni, tuz va cerdamonni solamiz. Unni o’lchab elakdan o’tkazib olamiz. Unni sutli massalig’imizga qo’shamiz keyin yahshilab hamir qoramiz. Xamirni taxminan 5 daqiqa mashinada yoki 10 daqiqa qo’l bilan mushtlaymiz. Xamirni selofan bilan 30 daqiqacha yopib ko’ptirib olamiz.

Xamir ko’pgunga qadar ichiga surkaydigan nachinkasini tayyorlab olamiz. Dolchinni bilan shakarni hona haroratidagi saryog’imizga qo’shib yahshilab aralashtiramiz.

Ko’pgan hamirimizni 2,5 cm qalinlikda yoyamiz va tayyorlab olgan saryog’lik masallig’imizni bir tekisda surkab chiqamiz. Hamirni o´rtasidan bukib yopib olamiz va  bir enlik qilib lentalar kesib olamiz. Duhofkamizni 225-250 darajada qizdirib qo’yamiz.

 

Har bir lentalarimizni qarama qarshi tarafga ikkala tarafidan speralga o´hshab eshib chiqamiz va aylantrib o´rab chiqamiz.

Gaz listiga bulochkalarimizni terib chiqamiz va yana 20-25 daqiqa ko’ptirib olamiz.

Bulochkalarimiz ko’pib chiqqandan so’ng tuhumni yahshilab surtib chiqamiz va shakar donalari bilan betiga bezak beramiz. Bulochkamizni avvaldan qizdirilgan duhofkada 8-10 daqiqa atrofida pishirib olamiz.

Spread the love