Quyuq taomlar

Duhofkada Lasos baliq

Kerakli masalliqlar:

 

2 kg tozalangan lasos baliq filesi.800 gr kartoshka, 1 dona limon, tuz, murch, ukrop, yog´, va yashil ho´hat kerak bo´ladi.

 

 

Eng avval gazimizni 200 darajaga yoqib qizdirib olamiz. Undan so´ng listimizni yog´laymiz. Baliqni bo´laklarga bo´lib keyin yog´langan listga terib olamiz.

Ustidan tuz murch va ukrop sepib10 daqiqa dam oldiramiz.

 

Kartoshkamizni tozalab qaynatishga qo´yamiz. 1 osh qoshiq tuz solib pishguncha qaynatib olamiz.

 

Dam olgan baliqni ustigabo´laklarga bo´lingan limonimizni terib chiqamiz va gazning o´rta qismiga qo´yib 20 daqiqaga pishirishga qo´yamiz.

 

20 daqiqa o´tgandan so´ng baliqni olib yashil no´hotimizni  baliq oldiga qoýib gazga yana 5 daqiqaga qoýamiz.

Pishgan baliqni olib har birini ajratib olamiz. Hohishga qarab limon yoki limonsiz dasturhonga tortish mumkin. Limon balqga o´zgacha maza va tam beradi.

Qaynab pishgan kartoshkamizni baliq oldiga alohidadan likopchalarga solib hohishga qarab savzavot va sous bilan bezaymiz.

Spread the love