oshxona.net
Quyuq taomlar

Duhofkada Lulya kabob

Kerakli masalliqlar:

700 gram qiyma,ukrop, 2 doan oiyoz,

1 dona sabzi,  2-3 dona bodring,

1 dona qizil piyoz, 1 dona tuhum,

non talqoni, gurunch

tuz, zira , kashnichdona murch kerak bo´ladi.

Qiymani bitta idishga solib ustiga non talqoni, tuhum, ikrop, zira, tuz , kashnichdona va 2 dona piyozni qirg´ichdan o´tkazib solamiz. Yahshilab aralashtiramiz.

Qiymamizdan koptokchalar yasab chiqamiz. Manda 13 dona chiqdi. Tayyor koptokchalarni tahta cho´pakka o´tkazib kabob shaklini berib chiqamiz.

Gaz listiga tayyor kaboblarni terib chiqamiz.

25 daqiqa atrodida 225 darajada pishirib olamiz.

Sabzidan markovcha tayyorlab olamiz. Salat retseptini saytga avvalaroq joylagan edim.

Bodring pomidor va piyozni hohishga qarab archib to´g´rab olamiz. Ozroq limon va ko´kat bilan bezatib qo´yamiz.

Gurunchni olia azolaringga qarab ko´p yoki kam pishirihlaring mumkin.

 Tahminan 4 kishi uchun:

3dl gurunchga 5dl qaynagan suv va 1 osh qoshiq yog´, ozroq tuz solib gazda o´rtacha pastlikda dimlab pishirib olamiz.

Taomimiz tayyor. Har bir tayyorlagan mahsulotlarim bir biri bilan uyg´unlashib, ta´mi judaham mazali bo´ ladi.

Ham oson ham , engil taomlardan biri.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.