oshxona.net
Quyuq taomlar

Duhofkada perashka.

Kerakli masalliqlar:

Hamiri uchun 2 stakan sut, 0,5 stakan qaymoq, 50 gr saryoq yoki margarin. 1 osh qoshiq tuz 50 gram droj va 1 kg un kerak bo’ladi.

200 gr qiyma, 2-3 dona piyoz, tuz, 1 dona tuhum, ukrop, 800 gram kartoshka va qovurish uchun o’simlik yog’i kashnichdona va zira kerak bo’ladi.

Avval idishga droji bilan tuzni solib aralashtirib olamiz va unni elab qoramiz. Keyin sutni ilitib qaymoq bilan birga oz-ozdan olib aralashtiramiz. Yumshoq hamir bo’lishi kerak. Kerak bo’lsa yana ozgina un qo’shish mumkin. Eng ohirida ustidan saryog’ni eritib solamiz va yahshilab mushtlaymiz. Keyin hamirimizni 35-40 daqiqalarga ustini paket bilan yopib quyib dam beramiz.

Kartoshkamizni maydalab qaynatishga qo’yamiz va pishgandan so’ng pyure qilib olamiz. Qiymaizni ham piyoz va tuz va ziravorlar bilan qovurib olamiz. Qizartirib qovurish kerak emas.

Duhofkamizni 200 gradusga qo’yamiz.
Hamirimizni bir hil kattalikda qilib yumaloqlab chiqamiz va ustini yopib yana ozgina dam beramiz. Bu orada ichiga qilingan qiyma va pyuremiz sovib turadi.

Ko’tarilgan hamirimizni o’rtasiga qiymalarimizni solamiz va berkitamiz. Yoyib yubormaslik kerak faqat yopib chiqish kerak. Keyin kartoshka pyuerlarimizni ham huddi shundek qilib tugib chiqamiz. Gaz patnisiga terib ustidan tuhum surtamiz va qizarguncha pishiramiz. Ichidagi masalliqlar hammasi pishgan va tayyor shuning uchun faqat usti va tagi qizarishiga ahamiyat bersak etarli.

 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.