oshxona.net
Quyuq taomlar

Duhofkada tovuq va sabzavotlar

Kerakli masalliqlar:

1kg tovuq go'shti, 4 dona sabzi, 6-7 dona kartoshka, 2 dona piyoz, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 50 ml o'simlik yog'i, tuz, zira , kashnichdona, 1 choy qoshiq timyan, 1 piyola tomat, 3 osh qoshiq mayoznez yoki qaymoq, 1 stakan suv va 2 dona qalampir kerak bo'ladi.

Menda rasimda tovuqni oyoq qismi.

Eng avval tovuqlarimizni 2 ga bo’lib olamiz.

Undan so’ng kartoshka, sabzi, piyoz, bulg’or qalampirimizni archib maydalab olamiz.

Kartoshkamizni butun holicha pichoq bilan ehtiyotkorlik bilan mayda qilib chiziqlar qilib kesib olamiz.

Keyin sousni tayorlab olamiz. Buning uchun bizga tomat, zira, kashnichdona, o’simlik yog’i, tuz, timjan va qaymoq kerak bo’ladi. Aralashtirib bo’lganimizdan so’ng tovuq va sabzavotlarimizni ustiga quyib yahshilab aralashtiramiz.

Hamma kerakli masalliqlarimizni bitta alohida idishga solamiz va yahshilab aralashtirib olamiz va duhofka listiga terib chiqib ustidan 1 stakan suv quyamiz.

Avvaldan qizdirilgan duhofkada 180 darajada tahminan 1,5 soat atrofida pishiriladi. Ovqatimizni kartoshkaning katta kichikligiga qarab kamroq yoki ko’proq vaqt pishirishimiz mumkin.

 

Spread the love

One Comment

  • Anonim

    Зур яхши чикди килдим рахмат янада мазали овкатлар ретцепини ташен Омад сизга

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.