Quyuq taomlar

Eng oson usulda Gulyash

Kerakli masalliqlar:

700 gram lahm mol go´shti

2 dona piyoz

50ml o´simlik yog´i,

1-2 dona lavr yapro´i

1 stakan suv

tuz va murch kerak bo´ladi.

Go´shtni yupqa qilib to´g´rab olamiz va go´shtni yumshatish uchun urib olamiz.

Piyozni yupqa qilib to´g´rab olamiz. Qozonga yog´solib qizdirib olamiz.

Go´shtni yahshilab qizartirib qovurib olamiz.

Piyozni solib piyozni ham yahhsilab qovurib olamiz.

1 stakan suv quyamiz. Lavr yaprogí, tuz va murchni solib qozonni ustini pastroq qilib 30-35 daqiqa dimlab qo´yamiz.

Gulyashimiz kartoshka pyure bilan yanada mazli bo´ladi.

Tayyor bo´lgan taomimizni avval pyure so´ng gulyashni solib ozroq ukrop bilan dasturxonga tortamiz. Taomimiz judaham mazali ham oson kam vaqt va kuch talab qiladi.

Spread the love