Quyuq taomlar

Grechka palov

Kerakli masalliqlar:

500 gram sabzi, 1 dona piyoz, 200 gram mol go'shti, 3 cho'mich o'simlik yog'i, 800 gram grechka, 1 dona qizil bulg'or qalampiri, tuz va ziravorlar kerak bo'ladi.

Eng avval sabzini oshga to’g’ragandek qilib somoncha qilib to’grab olamiz, Piyozni yumaloq qilib to’g’raymiz, bulg’or qalampirimizni somoncha qilib to’g’raymiz. Go’shtimizni o’rtacha kattalikdaa maydalab olamiz. Birinchi bo’lib o’smlik yog’imizni qozonga quyib qizdirib olamiz.

Undan so'ng go'shtimizni solib yahshilab qizartirib qovuramiz.
Go'shtimiz qizargandan so'ng piyozimizni solamiz va uniham yahshilab tillarang b'lguncha qizartirib qovuramiz.

Piyozimiz qizargandan so’ng bulg’or qalampirimizni solamiz va qovurishda davom etamiz.

Yahshilab qovurib bo’lganimzdan so’ng esa to’g’ralgan sabzilarimizni solamiz va ularni ham qovuramiz. Qovurish davomida tuz va ziravorlarimizni ham solib qovursak sabzimizni qovurilishini osonlashtiradi.

Yahshialb qovurib bo’lgandan so’ng esa suv quyib zirvagimizni qaynatamiz. Bu orada grechkamizni idishga solib ustidan iliq suv quyib qo’yamiz.

Zirvagimiz malum vaqt qaynagandan so’ng grechkamizni suvini to’kib tashlab huddi osh damlagandek qilib zirvak ustiga solamiz va ustidan qaynagan suv quyamiz. Suvimizni ehtiyot bo’lib quyishimiz kerak. Ko’p quyib yubormaslik kerak. Faqatgina ustini qoplaydigan darajada quyish lozim.  Suvini tortib bo’lgandan so’ng esa hamma grechkani o’rtaga to’plab ustini yopib 20 daqiqa davomida dimlaymiz.

Tayyor bo’lgan grechka palovimizni huddi osh kabi yahshilab aralashtirib, tovoqqa suzib dasturhonga tortishimiz mumkin. Juda ham oson, to’yimli, kam harajatlik va mazali taom bo’ladi.

 

Spread the love