oshxona.net
Quyuq taomlar

Honim

Kerakli masalliqlar:

 

300 gram lahm mol go´shti, 3 dona piyoz, 4 dona kartoshka,  1 dona tuhum, 3 stakan un, 1 stakan suv, 2 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq zira, 1 choy qoshiq kashnichdona, 1 choy qoshiq paprik, 100 ml yog´ kerak  bo´ladi.

Kartoshkani maydalab to´g´rab olamiz. Piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz.

Go´shtni uzunchoq somoncha shaklida to´g´rab olamiz. Tuz, zira, kashnichdona va paprika solib aralashtramiz. 60ml o´simlik yog´i solib mazasi kirib turgunga qadar olib qo´yamiz.

1 stakan suvga 2 choy qoshiq tuz solib aralashtiramiz va tog´orachamizga quyamiz. Suv o´lchagan stakanimizda 3 stakan un o´lcha suvga solamiz. 1 dona tuhumni chaqib hamir olamiz.

 Hamirni yahshilab mushtlaymiz va 4 qismga bo´lib zuvala qilamiz. Hamirni 20 daqiqa tindirishga qo´yamiz.  Ungacha  mantiqoznimizga suv quyib qaynatishga qo´yamiz.

Dam olib tingan hamirlarimizni birma- bir yoyib olamiz. Ustidan ozroq yog´quyib hammajoyiga surkaymiz. Go´shtli masallig´imizni teng 4 qismga bo´lib hamirimizga bir tekisda yoyib chiqamiz.

Hammasini rulet qilib o´rab olamiz va mantiqasqonni yog´lab terib chiqamiz. Har biriga bir donadan qo´ysak yopishib ketmaydi.

Honimlarimiz tahminan 40-45 daqiqada pishib tayyor bo´ladi. Pishgan honimlarni kesib tomatli sous , murch va qatiq salat bilan dasturxona tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.