
Jigar qovurdoq
Kerakli masalliqlar:

1 kg jigar, 4 dona piyoz, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, 1 dona chesnok, 100ml yog´, va tuz kerak bo´ladi.
Jigarni o´rtacha kattalikda to´g´rab olamiz. Piyozni yumaloq qilib to´g´raymiz. Pomidor va bulgór qalampirini ham to´g´rab tayyorlab olamiz.
Qozonga yog´ni quyib qizdirib olamiz. Jigarimizni solib yahshilab qorayib bir hil rang kirguncha qovuramiz. Tabga qarab tuz sepamiz. Hohishag qarab ziravorlar ham ishlatish mumkin(kashnichdona yoki zira)
Piyozimizni solamiz va uniham ozroq qovuramiz.


Piyozni chala qovurganimizdan so´ng pomidor va bulgór qalampirini solib ozroq qovuramiz.


Qovurilgan jigarni ustiga 1 piyola suv quyamiz va ustini 20 -25 daqiqiga yopib qo´yamiz.


Pishgandan so´ng hohishga qarab ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.



Medoviy tort/ Asal tort
O'hshash taomlar

Qaymoqli sousda qo´ziqornli taom
21/01/2019
Duhofkada Lasos baliq
22/09/2018
2 Comments
Anonim
Qulingiz dard kurmasin
admin
Rahmat