oshxona.net
Quyuq taomlar

Kapchyonka / Qozon kabob

Kerakli masalliqlar.

 

2 kg qo´y  go´shti, 1 kg kartoshka, 2 dona piyoz, yarimta obinon, 2 choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq kashnichdona, 2 choy qoshiq zira, 2 dona sarimsoq piyoz, 30 ml o´simlik yog´i kerak bo´ladi.

 

Go´shtni kattaroq bo´lak qilib maydalab olamiz. Tuz zira va kashnichdona sepib tuzlaymiz. Kartoshkani archib yuvib salfetka bilan qurutib olamiz. Kartoshkani ham tuz va ziravorlar bilan tuzlab qo´yamiz. Piyozni parrak parrak qilib yupqa to´g´raymiz.

Go´shtni qozonga terib dimlab qo´yamiz. Tahminan 40 daqiqa dimlangandan keyin qopqog´di ochib baland olovda qizarguncha qovuramiz. Go´shtdan chiqqan yog´etmasa oddiy o´simlik yog´i quyish mumkin. Qovurib olgan go´shtimizni alohida idishga olib qo´yamiz.

Kartoshkamizni go´sht pishgan yog´da qizarguncha qovurib olamiz. Qizarib bo´lagandan so´ng qozondan olib, qozon tagiga avval go´shtni so´ng kartoshkani teramiz. Usidan piyozni solib dimlab qo´yamiz.

Oddiy obinonni olib uzunchoq qilib to´g´rab olamiz. Alohida idishda o´simlik yog´i va chesnokni maydalab ozgina qurutilgan ukrop sepamiz va tayyorlagan masalliqimizni nonga surtib chiqamiz. Nonni qoznga piyoz ustiga solib 10 daqiqa dimlaymiz. Go´sht mazasi kelishi uchun. Undan so´ng qozonda terib olib nonlarni qrillda yoki oddiy skavarodkada qizartirib qurutib olamiz.

Pishgan ovqatimizni ehtiyotkorlik bilan tovoqqa solib hohishga ko´ra barra piyoz bilan dasturxona tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.