oshxona.net
Quyuq taomlar

Kartoshka qovurdoq

Kerakli masalliqlar:

1,2 kg karoshka, 5 dona tuhum, bir bo´lak yog´siz mol go´shti, 1 dona qizil bulg´or qalampiri, 2 dona piyoz, tuz va 3 dl yog´kerak bo´ladi. Kartoshkamizni va piyozimizni  archib tozalab yuvib olamiz.

Go´shtni kattaroq bo´laklarga bo´lib olamiz, piyozni yumaloq qilib o´rtacha qalinlikdan to´g´raymiz. Bulg´or qalampirini katta katta bo´laklarga bo´lib olamiz. Kartoshkamizni 6 qismga bo´lib chiqamiz.

Qozonga yog´ni solib yahshilab qizdirib olamiz va go´shtni solib qizarguncha qovuramiz. Orqasidan piyozni solamiz va uniham qizarguniga qadar qovuramiz.

Qizargan go´sht va piyozimizga bulg´or qalampirini solib qovuramiz. Ozroq qovurgandan so´ng kartoshkani solamiz. Tuz sepib baland olovda ehtiyotkotlik bilan aralashtiramiz.

Kartoshka rang olgandan so´ng chala tayyor holga keladi. Deyarli pishib qolgan holda bo´lgandan so´ng ustiga tuhum chaqamiz va ustini yopib pastroq olovda dimlab qo´yamiz.

Pishgandan keyin tovoqga suzib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.