Quyuq taomlar

Ko’k somsa

Kerakli masalliqlar:

1,5 stakan iliq suv, 1 osh qoshiq tuz, 4,5 stakan un va orasiga surkash uchun margarin yoki saryog' kerak bo'ladi.

Qiymasi uchun kerakli masalliqlar: 2-3 dona katta piyoz, tuz, ziravorlar, shpinat, tuhum, kunjut yoki sedona va 4 osh qoshiq o'simlik yo'g'i kerak bo'ladi.

Ishni eng avval hamir qilishdan boshlaymiz. Idishimizga avval unni va tuzni solib yahshilab tuzini eritib olishdan boshlaymiz. Keyin unnu solamiz va hamir qoramiz. Hamirimizni yahshilab mushtlashimiz kerak. Keyin tindirish uchun 30 daqiqaga olib qo’yamiz.

Undan so’ng ichiga solinadigan masalliqni tayyorlab olamiz. Piyozni mayda to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz va shpinatlarimizni ham maydalab qo’shamiz. (Manda muzlatilgan va tayyor to’g’ralgan  shpinatlar) Undan so’ng tuz va ziravorlarni qo’shamiz va 4-5 osh qoshiq o’simlik yo’g’i  solib aralashtiramiz.

Dam olgan hamirimizni o’rtacha yupqalikda  yoyamiz  va eritilgan margarinimizni surkab chiqamiz. Margarin surkab bo’lgandan keyin rulet qilib o’rab chiqamiz.

Hamirimizni o’rab olganimizdan keyin o’rtacha 5 cm dan qilib kesib olamiz va muzhonaga 20 daqiqaga qo’yamiz.

Muzhonadan hamirlarimizni olib un bilan yoyib chiqamiz. Ichiga solinadigan massaliqni solib yumaloq qilib tugib olamiz. Hohishga qarab tugush mumkin.

Duhofkamizni 180 darajada qizirib olamiz va ichida listni ham solib qizdiramiz. Tayyor tugulgan somsamizni tuhum oqiga botirib olamiz va avvaldan qizdirilgan listmizga qo’yib chiqamiz. Ustidan tuhumni sarg’ini surtib ustidan sedana yoki kunjut sepamiz.

Somsalarimizni  usti va tepasi qizarguncha pishirib olamiz. Tahminan 30-40 daqiqalarda tayyor buladi.

Spread the love