oshxona.net
Quyuq taomlar

Kotelet

Kerakli masalliqlar.

Kotlet uchun: 300 gram qiyma, 2 dona piyoz, 1 dona tuhum, 1 bo´lak bulka non, 1 choy qoshiq zira,1 choy qoshiq kashnichdona tabga ko´ra tuz kerak bo´ladi.

Sabzavolik qaylasi uchun: 1 dona sariq bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, ozroq ko´k piyoz, (purjolök) tuz, 2 osh qoshiq o´simlik yog´i, ozroq ukrop va rayhon barglari kerak bo´ladi.

Sousi uchun. 3 osh qoshiq mayonezga 2 osh qoshiq ketchup.

Tayyor qovurulgan kartoshka va zangor no´xat krak bo´ladi.

 

Piyozni va nonni qirg´ichdan chiqaramiz. Tuhum va ziravorlarni solib hammasini qiyma bilan aralashtiramiz. Katta katta kotletlar yasab olamiz.  Ozgina yog´da kotletlarimizni qovurib olamiZ.

Pomidor, bulg´or qalampiri va ko ´k piyozni katta katta qilib to´g´rab olamiz. Hammasini skavarodkaga solib ustiga ukrop va rayxonni solamiz. 2 osh qoshiq yog´solib tuz sepamiz va hammasi yumshaguncha qovuramiz. Qattiq qovurish shart emas.

Alohida bitta idishga mayonez va ketchupni solib yahshilab aralashtiramiz. Mazalik sous bir zumda tayyor bo´ladi. Barcha mahsulotlarimizni alohidadan idishga solib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.