oshxona.net
Quyuq taomlar

Lahmacun/Lahmajun Turkcha pitsa

Kerakli masalliqlar:

50 gram hamirturush, 4 dl iliq suv 1 dl iliq sut, 50 g saryog', 12 dl un, 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar, 50 ml o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Qiymasi uchun kerali masalliqlar: 2 dona pomidor, 2 dona piyoz, 150 gr qiyma, 1 osh qoshiq o’simlik yog’i, tuz va ziravorlar kerak bo’ladi.

Tayyor bo’lgandan so’ng dasturhonga tortish uchun petrushka ko’kati va limon kerak bo’ladi.

Eng avval hamir qilib olamiz. Hamirimizni qilish uchun avval suv bilan sutni ilitib olamiz va idishga solamiz. Ustiga shakar, tuz va hamirturushni q’shib aralashtiramiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini quyamiz va unimizni solib hamir qoramiz. Hamirimiz yumshoq hamir bo’ladi. Qo’lga yopishmaslik uchun ozgina un sepib mushtlash mumkin. Mushlab bo’lganimizdan keyin hamirga dam beramiz.

Hamirimiz dam olguncha ichiga solinadigon massalliqlarimizni tayorlab olamiz. Qiymamizga piyoz va pomidorni qirg’ichdan chiqarib qo’shamiz. Tuz, ziravorlar va 1 osh qoshiq o’simlik yog’i solib aralashtiramiz.

Oshib chiqqan hamirimizni zuvalachalar qilamiz va yana oshirishga qo’yamiz.

Oshgan zuvalalarimizni 2,5 mm qalinlida qilib yoyamiz va yana dam olishga qo’yamiz. Kulchalardi hajmini ihtiyorga qarab kattaroq yoki kichik qilishi mumkin.

Avval listga yoyilgan hamirlarni joylashtiramiz va hamirimiz ustiga qiymamizni yoyib chiqamiz.

Undan so’ng tayyor pitsalarimizni duhofkada 200 darajada tahminan 15-20 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Qattiq qizartirib yubormaslik kerak. Tayyor pishgan lahmajunlarni ustini yopib qo’yamiz ozgina yumshashi uchun.

Dasurhonga tortishdan avval limon va petrushka bilan bezatiladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.