oshxona.net
Quyuq taomlar

Makaron palov Qo’qoncha

Kerakli masalliqlar:​

3 dona sabzi, 4 dona kartoshka, 1 dona piyoz, 1 dona bulg'or qalampiri(tabga ko'ra hohlagan rangidan solsa bo'ladi man yarimtadan ikki hil zangor va qizil ishlatdim), 2 dona chesnok, 300 gram spagette, 200-gram tomat konservasi yoki oddiy pomidor, 150-gram go'sht. Oshga soladigan miqdorda o'simlik yog'i, ukrop,tuz va tabga ko'ra murch kerak bo'ladi.

Sabzini oddiy oshga to’g’ragandaqa qilib to’g’rab olamiz. Kartoshkani to’rtga yoki olti bo’lakka bo’lamiz. Piyozni yarim oy qilib to’g’raymiz va go’shtin o’rtacha kattalikda to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz. Bulg’or qalmapirimizni ham uzunchoq somoncha shaklda to’g’raymiz. Chesnok va ukropni maydalab olamiz.

Eng birinchi qozonga yog’ni solib qizdirib olishdan boshlaymiz. Qozonga birinchi bo’lib piyozni solamiz va yahshilab qizartiramiz. Undan so’ng go’shtni solib uniham qizarguncha qovuramiz.

Keyin sabzi, kartoshka, tuz ,murch va bulg’or qalampirimizni solib yahshilab qovuramiz. Tomatimizni solib yana qovurishni davom ettiramiz. Bu orada kartoshkamiz deyarli pishgan bo’lishi kerak.

So’ngra spagettimizni maydalab qayla ustiga solamiz uning ustiga chesnok va ukropni solib ustidan qaynagan suv quyamiz. Suvimiz ko’p bo’lmasligi kerak. Spagettilarimizni usti bilan teng baravar quyamiz. Suvga alohida e’tibor berish kerak ko’p bo’lib ketsa yoqimsiz bo’sh bo’lib qoladi.

Ustini yopib sapagetti pishguncha dimlaymiz. Urtacha 20 daqiqa vaqt davomida dimlanadi. Orada 3-4marta qozonni qopqog’ini ochib aylantirib turish kerak bir hilda pishishi uchun.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.