oshxona.net
Quyuq taomlar

Makaron po-flotskiy

Kerakli masalliqlar:

 

500 gram makaron, 300 gram qiyma, 2 dona piyoz, tuz, va o’simlik yog’i kerak bo’ladi.

Qiymani skavarodkada yog’da qovurib olamiz. Qizargandan so’ng kattaroq to’rtburchak  qilib to’g’ralgan piyozni solib tillarang qilib qovuib olamiz. Tuzni solamiz va 10 daqiqaga pastroq olovda dimlab qo’yamiz.

Alohida kastrulga suv quyib qaynatib. Qaynagandan so’ng tuz va 1 osh qoshiq yog’ solamiz va makaronlarimizni tayyor bo’lguncha 12-15 daqiqa atrofida pishirib olamiz.

Pishgandan so’ng suvini to’kib tashlaymiz va qiymamizga solib aralashtiramiz. Judaham tez va oson tayyorlanadigan ovqat hisoblanadi.  Tushlikka va kechki ovqat uchun bemalol tayyorlash mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.