oshxona.net
Quyuq taomlar

Manti

Kerakli masalliqlar:

700 gr go’sht, 1 kg piyoz, 1 tuhum, tuz, zira, kashnich, o’simlik yog’i, suv va un kerag bo’ladi.

Birinchi navbatda ishni hamir qorishdan boshlaymiz. Bitta idishga tuhumni chaqib suv, tuz solib aralashtirib olamiz va sekin asta undi solib o’rtacha qatiqlikda hamir holatiga keltiramiz.

Hamir tayyor bulganidan so’ng ikki yoki uch bo’lakka bo’lib yumaloq qilib dam olgani bir joyga ustini yopib olib quyamiz. Ustini paket bilan yopib qo’ygan ma’qul hamir qurib qolmasligi uchun.

Hamirimiz dam olib turguncha mantimizni ichiga solinadigan narsalarni tayorlab olishimiz mumkin. Piyozni o’rtacha qalinlikda to’rtburchag qilib to’g’raymiz, go’shtimizni ham shunaqa qilib tug’rab olib bitta idishga solib tuz, yog’ va ziravorlar bilan arlashtirib yuboramiz.

Hamir yoyishga kirishishimizdan avval manti qozonimizga suv quyib qaynatgani qo’yib quyganimiz ma’qul.

Hamirimizni urtacha qalinlikda yoyib olamiz. Yoyilgan hamirimizni qavat qavat qilib taklaymiz.

Taklab olgan hamirimizni tahminan 10 cm bo’laklarga bo’lib chiqmiz. Bo’lingan tasmalarni olib ustunma – ustun yoyib chiqamiz va shu tasmalarni yana 10 cmdan bulib chiqamiz. Hamirimiz kvadrat shaklida bo’ladi.

Tayyor bo’lgan hamir bo’laklarimizni alohida qilib bo’lib chiqamiz. Har bir hamir o’rtasiga tayyorlab qo’ygan masalliqlarimizni solib chiqamiz.

Hamirlarimizni ichiga massalliqlarni solgandan so’ng to’rtta burchaklarini bir biriga yopishtirib olamiz. Undan keyin ikkita burchakni bir biriga yopishtiramiz.

Keyin tayyor bo’lgan mantilarimizni tagiga yog’ tekkizib manti qozonga terib chiqamiz.Terib bulgan mantilarimizni qozonga solib 40 – 45 daqiqa mobaynida pishiramiz.

Mantilarimzni pishgan yoki homligini bilish uchun bittasini olib tekshirib ko’rishimiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.